Ki sar dar kanori padar doshtam. Sa'diyning oilaviy ahvoli haqida to`liq ma'lumot yo`q. Ammo fors hokimi Shamsiddin Tozigo`yiga murojaat qilganidan yaqqol ko`rinadiki, Sa'diyning oilasi og`ir ahvolda yashagan: Z-ahvoli barodaram ba tahqiq, Donam, ti turo xabar naboshad. Az g`oyati fikr doimo o`ro, Shalvor ba poy dar naboshad.
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI “ O`zbek adabiyoti” kafedrasi JAHON ADABIYOTI FANIDAN MA’RUZALAR MATNI Navoiy - 2010 Ushbu kitobcha universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti 3-kurs talabalariga mo`ljallangan bo`lib, 'Jahon adabiyoti' fanidan ma'ruza matnlarini o`z ichiga olgan. Ma’ruza matnlari A.Alimuhamedovning “Chet el adabiyoti” (Toshkent, 2007-yil), A.Uzoqov muallifligida chop etilgan “MDH xalqlari adabiyoti” (Toshkent, 2007-yil) da chop etilgan darslik hamda O.Qayumov va Q.Azizovlarning “Chet el adabiyoti tarixi” chop etilgan darslik kitoblaridan va O`zROO`MTVning 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tayyorlandi. Tuzuvchi: filologiya fanlari doktori A.Xolmurodov Mas`ul muharrir: filologiya fanlari nomzodi S.Q.Jumayeva Taqrizchilar: dotsent M.Farmonova f.f.n. Q.To`xtayeva Ushbu ma'ruza matnlari NDPI O`zbek filologiyasi fakulteti O`quv -uslubiy kengashi (2010-yil 1-sonli majlis) qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. © Navoiy davlat pedagogika instituti, 2010-yil Mavzu: Kirish. Amati kraslice tuba. Markaziy Osiyo va Qozogiston xalqlari adabiyoti Reja: • MDH xalqlarining adabiyotining maqsad va vazifalari.
• Tojik va Turkman adabiyotining yirik vakillari. • Qozoq va Qirg`iz, Qoraqalpoq adabiyotining ko`p qirraliligi. Adabiyotlar: 1.
“Ch.Aytmatovning badiiy olami”. “MDH adabiyoti”. Qadimdan Markaziy Osiyo va Qoog`iston tuprog`ida yashab kelayotgan o`zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq xalqlari adabiyotni o`z ichiga olgan mazkur guruh iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotidagi umumiylikdan tashqari, jo`g`rofiy yaxlitlikka ega. Markaziy Osiyo va Qozog`iston xalqlari adabiyotining bir necha xususiyati bor. Avvalo, mazkur xlqlar katta manbaga ega bo`lgan va keyinchalik yozma adabiyotning rivojiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etgan xalq og`zaki ijodiga ega.
Ikkinchidan, o`tmishda va hozir ham nasrdan ko`ra nazm adabiyotda yetakchi mavqe egallagan. Shu sababdan nazm va nasr o`zaro uyqash bo`lib ketgan. Uchinchidan, bu adabiyotlar o`rtasidagi o`zaro ta'sir va aloqa ko`p yillik tarixga ega.
Ulug` fors-tojik adabiyoti namoyondalari Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Sa'diylarning ijodi O`rta Osiyo xalqlarining boyligi sanaladi. Yoxud, ulug` xalqlar adiblari uchun katta ijod maktabidir. Birgina Gulxaniy, Maxmur, Sadriddin ayniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar fors-tojik va o`zbek tillarida baravar qalam tebratishgan. Sho`ro hukumati o`z tayziqini o`rnatgach, mazkur xalqlarning azaldan shakllanib kelgan an'ana va qadriyatlarga ancha putur yetdi. Mazkur xalqlar adabiyotiga realizm tamoyili va demokratik tendentsiyalar majburlab kiritildi. Aslida sho`roviyy realizm va insonparvarlik yolg`on, soxta, ko`zbo`yamachilikdan boshqa narsa emasdi.
Sho`ro hukumati bu xalqlar adabiyotiga «shakllangan milliy, mazmunan sotsialistik» tus berdi. Ayni shu mayoq ostida Hamza, Ayniy, Oybek, Mirzo Tursunzoda, Muxtor Avezov, Sobit Muqanov, Berdi Kerboboev kabi ijodkorlar «Qullar», «Qutlug` qon», «Alisher Navoiy», «Abay yo`li», «Dadil qadam», «Bo`ta ko`z» singari asarlarini yozishdi. Yana bir jihatga to`xtalish jioz. Ulug` «og`a»larimiz ijodiga hamohang tarzda asarlar yozish an'ana darajasiga yetdi. Masalan, V.Mayakovskiy zinapoya shaklidagi she'rlariga taqlidan G`afur G`ulom ham «Turksib yo`llarida» she'rini yozgan edi. Undan keyin Hamid Olimjon shu yo`nalishda bir necha she'rlar yozgan. Sho`ro imperiyasi barham topgach, xamdo`stlik mamlakatlari birin-ketin mustaqillikka erishdi.
Ular faqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan emas, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan ham mustaqil bo`ldi. O`z-o`zidan adabiyotda ham yangi yo`nalishlar, g`oya va maslaklar asta-sekin ifodasini topa boshladi. TOJIK adabiyoti Tojik adabiyotining tarixi tojik xalqining tarixi kabi boy va qadimiydir. O`zining kelib chiqishi va til xususiyatlari jihatidan tojiklar Eronda yashovchi forslarga vobasta. Shu bois fors-tojik adabiyoti atamasi tez-tez qo`llanadi.
Ulug` mutafakkirlar Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Sa'diy She'roziy, Hofiz She'roziy, Abdurahmon Jomiyning ijodiy merosi bani basharga bir xil darajada taalluqlidir. Qadim tojik adabiyotni qardosh xalqlar adabiyoti jumladan, o`zbek adabiyoti bilan bog`lovchi an'analar mavjud. Bu ikki xalq vakillari ikki tilda bemalol gaplashish barobarida ikki tilda ijod ham qiladilar. Xalq og`zaki ijodi namunalari, «Avesto», «Go`ro`g`li» siklidagi dostonlardan ma'lum bo`ladi-ki, yozma tojik adabiyoti IX asrdan boshlanadi. Shunga qarab tojik adabiyotini quyidagicha tasnif etish mumkin: 1. Qadimgi tojik adabiyoti 2.